Quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlaridan qanday himoyalanish kerak?

Sogʻliqni saqlash vazirligi yuqori ultrabinafsha nurlari nimasi bilan xavfli ekani va undan qanday himoyalanish kerakligi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Ta'kidlanishicha, bunday paytda quyosh nuri allergik reaksiyalar keltirib chiqarishidan ehtiyot boʻlish lozim.
Xususan, bu kabi noqulay ob-havo sharoitida terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Quyosh nurining oʻzi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan oʻzaro taʼsirga kirishganda, allergik reaksiya paydo boʻlishi mumkin.
Oqibatda koʻkrakning yuqori qismi, boʻyin, qoʻl sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dogʻ va turli toshmalar yuzaga keladi. Baʼzan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar kuzatiladi.
Qolaversa, koʻzning shilliq qavatiga ultrabinafsha nurlarining taʼsiri konyunktivit va keratit, yaʼni shohpardaning yalligʻlanishini ham keltirib chiqaradi.
Bunday yalligʻlanish zararli nur taʼsiridan bir necha soat oʻtgach paydo boʻlib, ikkisi ham ogʻriqli kechadi. Shu bilan birga, ultrabinafsha nurlar kataraktaning rivojlanishiga ham sabab boʻladi.
Bundan tashqari, nurlanish indeksi yuqori boʻlgan vaqtda ochiq havoda uzoq vaqt yurish saraton kasalligiga moyillikni oshirib, immunitetni pasaytiradi.
Shu bois bunday kunlarda soat 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tugʻilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, koʻzoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyish tavsiya etiladi.