Yakshanba kuni dam olgan xodimlardan tushuntirish xati olgan samarqandlik mansabdor jarimaga tortildi

Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikki xodimga yakshanba kuni dam olgani uchun tushuntirish xati yozdirgandi.
Holat yuzasidan, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshlig‘i To‘xtayev Husen Mirzayevichga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 49-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi sababli Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.