Toshkentda talaba qiz bog'cha bolalari oyog'iga igna tiqib oldi

Toshkentda talaba qiz bog'cha bolalari oyog'iga igna tiqib oldi
Toshkentda talaba qiz bog'cha bolalari oyog'iga igna tiqib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanidagi 122-bogʻchada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqilayotgani aytilayotgan video xabar keng tarqaldi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Pedagogika kolleji oʻquvchisi amaliyotini oʻtash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2023-yil 11-may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.
2023-yil 26-may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamagani sababli ularning 2-3 nafariga igna tiqib olgani aniqlangan.
Ta'kudlqnishicha, hozirda talaba  amaliyotdan chetlatilgan. Mazkur holat yuzasidan esa Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-