Qashqadaryoda voyaga yetmagan ikki qizga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigit jazoga tortildi 

Qashqadaryoda voyaga yetmagan ikki qizga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigit jazoga tortildi 
Qashqadaryoda voyaga yetmagan ikki qizga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigit jazoga tortildi 

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida voyaga yetmagan qizlarga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.  
Unga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan yigit 2019-yilda 2004-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga 16 yoshga to‘lmaganini bilgan holda er-xotin bo‘lib yashashni taklif qilgan. Ular qizning roziligi bilan 2019-yil dekabr oyidan shu kunga qadar birga yashab kelgan. Ularning 1 nafar farzandli ham bo‘lgan.

Sudlanuvchi 2006-yilda tug‘ilgan yana bir voyaga yetmagan qizga ham er-xotin bo‘lib yashashni taklif qilgan. Uning roziligi bilan 2022-yilning avgustidan dekabriga qadar o‘z xonadonida birga yashagan, ya’ni erkak bir uyda 2 nafar xotin bilan umumiy ro‘zg‘or asosida yashagan. 
Yigit o‘zining yuqoridagi bu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 126-moddasi 1-qismi (ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash) va 128-moddasi 3-qismi "a" bandi (takroran 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish)da ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan.
U sudda aybiga to‘liq iqrorlik, pushaymonlik bildirib, afsusdaligini ikkala oilasi bilan ularning roziligi asosida yashaganini, jabrlanuvchilardan kechirim so‘rashini bildirib, qonuniy yengillik berishni so‘radi. 
Aybdorning birinchi xotini barchasini tasdiqlab, eriga da’vosi yo‘qligini bildirgan va suddan yengillik so‘ragan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 126-moddasi va 128-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-