O‘zbekistonda “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etildi
O‘zbekistonda “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etildi
Prezidentning 4-sentabrdagi qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, ushbu bankning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Qarorda belgilanishicha, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda kichik biznes loyihalari uchun qulay shartlarda 7 yilgacha bo‘lgan muddatlarda kreditlar ajratiladi.
Ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.
Комментарии (3)