O‘zbekistonda baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
O‘zbekistonda baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
“Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suvbo‘yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan quyidagilar tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.