O‘zbekistonda garovsiz beriladigan kredit miqdori 33 mln so‘mdan 100 mln so‘mga oshiriladi
O‘zbekistonda garovsiz beriladigan kredit miqdori 33 mln so‘mdan 100 mln so‘mga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda aholi bandligini taʼminlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni eʼlon qildi.
Endilikda hokim yordamchilari o‘zini o‘zi band qilganlarning kichik va o‘rta biznesga o‘tishiga ko‘maklashadi. Buning uchun Yaponiyaning Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti ekspertlari yordamida Yaponiya tajribasi asosida hududlarda biznes-inkubator va akseleratorlar tizimi joriy etiladi.
Bunda, salohiyatli tadbirkorlarga dastlabki aylanma mablag‘lari uchun “ulushdorlik” kapitali beriladi. Bu mutlaqo yangi moliyaviy manba bo‘ladi. Bu ishlarni moliyalashtirish uchun Tadbirkorlik jamg‘armasi faoliyati ham tubdan o‘zgaradi va unga tadbirkorlarga ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi.
Shuningdek, “mahalladagi yettilik” kafilligi bilan garovsiz beriladigan oilaviy tadbirkorlik kreditlari miqdori hozirgi 33 million so‘mdan 100 million so‘mga oshiriladi. Ushbu mablag‘larning bir qismini naqd pul ko‘rinishida berishga ruxsat etiladi.