Ochiq budjetdan 2 mlrd so‘m yutib olgan buxorolik mahalla raisi ko‘p ovoz to‘plash sirini ochdi

Ochiq budjetdan 2 mlrd so‘m yutib olgan buxorolik mahalla raisi ko‘p ovoz to‘plash sirini ochdi
Ochiq budjetdan 2 mlrd so‘m yutib olgan buxorolik mahalla raisi ko‘p ovoz to‘plash sirini ochdi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi “Qassabon” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ochiq budjetda yetarli darajada ovoz to‘plab, ikkita loyiha uchun 2 milliard so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritgan.  Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida mahalla raisi ko‘p ovoz to‘plash sirlarini oshkor qildi.
Ta'kidlanishicha, 28-aprel kuni vazirlikda “Ochiq budjet” axborot portali orqali eʼlon qilingan “Tashabbusli budjet” loyihasining birinchi mavsumida faol ishtirok etgan hokim yordamchilari va fuqarolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda so‘z olgan mahalla raisi “Tashabbusli budjet”ning joriy mavsumida ikkita loyihani ilgari surib, mahalladagi yo‘l taʼmiri uchun 900 million so‘m, maktab taʼmiri uchun esa
1 milliard 100 million so‘m mablag‘ yutib olganini bildirdi.
Mazkur tashabbus boshlanganidan beri g‘oliblikni qo‘lga kiritamiz. Tashabbusli budjetga ovoz berish jarayoni boshlanishi bilan  mahalladagi 10 nafar oldindan tayyorlab qo‘yilgan chaqqon bolalarni hududlarga chiqarib, ovoz yig‘ishni boshlaymiz. Bu mavsumda ham shu o‘n nafar chaqqon bola qisqa fursatda 6 mingga yaqin ovoz to‘pladi. Joriy yilgi birinchi mavsumda ham maktab taʼmiri uchun 1 milliard 100 million so‘m, mahalla yo‘li taʼmiri uchun 900 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdik”, — deydi “Qassabon” MFY raisi Oybek Jo‘rayev.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-