"Tashabbusli budjet" ga ovoz berish Face ID tizimi orqali amalga oshiriladi

"Tashabbusli budjet" ga ovoz berish Face ID tizimi orqali amalga oshiriladi
"Tashabbusli budjet" ga ovoz berish Face ID tizimi orqali amalga oshiriladi

Bugun yurtimizda  “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko'ra,  yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.
Ovoz berishda tengsizlikka yo‘l  qo‘ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Xususan:
FACE ID yordamida identifikasiya qilish mexanizmini joriy etish mo'ljallangan.   
Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtiriladi.
Kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-