Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Buxoro viloyatidagi bir qancha oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich Davlat-xususiy sherikligi asosidagi hamda oilaviy nodavlat MTTlarning faoliyati o‘rganilmoqda. Xuddi shunday o‘rganishlardan biri Buxoro viloyatida ham amalga oshirilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Buxoro viloyati Gʻijduvon tuman va Romitan tumanlaridagi YATT larga qarashli ayrim MTTlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.