Davlat idoralari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga koʻchiriladi

Davlat idoralari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga koʻchiriladi
Davlat idoralari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga koʻchiriladi

Ularning hozirgi binolari oʻrnida mehmonxonalar, xizmat koʻrsatish va savdo obyektlari ochilishi mo'ljallangan.
Qayd etilishicha, bu loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland boʻlib, shaharga yaqinligi, oʻz iqlimi, bahavoligi va ikki daryo oʻrtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi.
Hozirgi Toshkent 43 ming gektar xududni egallaydi. “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida qoʻshimcha 20 ming gektarda 1 million aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan taʼminlanadi.
Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bogʻchasi, koʻp tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.
Yangi Oʻzbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi. Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga koʻchib boradi. Ularning hozirgi binolari oʻrnida mehmonxonalar, xizmat koʻrsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-