O‘zbekistonda kriptodo‘kon faoliyati uchun belgilangan yig‘imlar salkam 10 barobarga oshirildi

O‘zbekistonda kriptodo‘kon faoliyati uchun belgilangan yig‘imlar salkam 10 barobarga oshirildi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kriptobirja (400 BHM dan 740 BHM gacha) va kriptodo‘kon (20 BHM dan 185 BHM gacha) uchun yig‘imlar miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat byudjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini berib, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mazkur o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kriptaktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirilishi belgilangan. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-