Ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston transport sohasida gender tenglikni ta’minlab, ayollarni katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Loyihadan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad ayollarga avtotransport sohasidagi kasblarda mehnat faoliyatlarini olib borish uchun sharoitlar yaratib berish, xususan, 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish bo‘yicha amaldagi taqiqni bekor qilish, avtobuslarni haydovchi sifatida boshqarish uchun ayollarni jalb qilishdan iborat.
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining:
2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko‘ra, “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi;
3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga ko‘ra, ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Yaʼni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin. Mazkur normalar transport sohasida gender tenglikni taʼminlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etishga imkoniyat bermaydi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun jalb qilinayotgan avtobuslar va elektrobuslar o‘zining zamonaviyligi va boshqarishda qulayligi bilan ajralib turadi. Gidravlikalik boshqarish (rul) xususiyatlari esa transport vositasini boshqarishda ayollarga ortiqcha qiyinchiliklar va jismoniy zo‘riqishlar tug‘dirmaydi.
Qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida ayollarga avtobus haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratiladi, aholiga jamoat transport xizmatlari sifati va xavfsik darajasi ortadi.
Jahon tajribasiga ko‘ra, AQShda jami 175 855 ta haydovchi bo‘lib, shundan 48,9 foizi ayol haydovchilarga to‘g‘ri keladi. Turkiyaning Izmir shahrida jamoat transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi “ESHOT” tashkilotida 2500 ming nafar haydovchidan 200 nafari ayol haydovchilar ekanligi aniqlangan.