Inchxon metropoloyasi - aqlli shahar tizimi orqali boshqarishning namunasi

Inchxon metropoloyasi - aqlli shahar tizimi orqali boshqarishning namunasi
Joriy yilning 20-29 mart kunlari oralig‘ida Koreya Yer, infrastruktura va tansport vazirligining LX korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida Kadastr Agentligi vakillari ishtirok etishmoqda. Mazkur seminar O‘zbekistonda fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirish grant loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Unda Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda. Jumladan, fazoviy ma’lumotlar infratuzimasi, manzillar reyestri, Koreya yer resurslarini boshqarish hamda kadastr tizimini o‘rganish maqsadida Inchxon metropoliyasi tajribalari bilan ham tanishildi. 
Inchxon metropoliyasi Koreya Respublikasining eng yirik erkin iqtisodiy zonasi (EZS) hisoblanib maydoni 122.34 kv. km, Koreyadagi eng baland iqtisodiy o‘sishga ega (6%) shahar hisoblanadi.
Inchxonda 3 030 000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Metropoliya tashkiliy tuzilmasiga ko‘ra 14 ta boshqarma, 3 ta shtab kvartira, 7 ta tashkilot, 1 ta xizmat, 18 ta ofislar hamda 1 ta qo‘mitadan tashkil topgan. Jami davlat xizmatchilari soni 7 541 nafarni tashkil etadi.
Inchxon yer maydoni 1914- yilda 7.59 kv. km ni tashkil etgan bo‘lib, xozirda 1 067 kv.km hisoblanadi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda meliorativ tadbirlar natijasida umumiy yer maydoni birinchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davrdan boshlab 140 barobarga ko‘paygan.
Inchxonda Yer resurslaridan foydalanish va kadastr yo‘nalishi bo‘yicha Yer axborot boshqarmasi faoliyat yuritadi. Boshqarmada 7 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, kadastr boshqarmasi, qayta kadastr o‘lchovni amalga oshirish bo‘limi, fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘limi va boshqalar bo‘lib, jami 27 nafar ishchi ishlaydi.
Inchxonda Kadastr tizimini raqamlashtirish Yer kitobini raqamlashtirish loyihasi 1990- yilda yakunlangan. Loyiha doirasida milliy komyuter tarmog‘i orqali mahalliy komyuter tarmog‘i tashkil etilgan (35.27 mln yer uchastkalari ma’lumotlari kiritilgan).
Kadastr kartalarini raqamlashtirish esa 2003- yilda yakunlangan. Yer axborot tizimi 748 145 varoqdan iborat yer uchastkalari asosida yaratilgan.
Inchxon shaxrida ham respublikaning boshqa hududlari singari kadastr qayta o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. 
Loyihaning maqsadi fazoviy ma’lumotlardan foydalanishni yaxshilash maqsadida yer kadastri ma’lumotlarini tahrirlash hamda qog‘oz ko‘rinishidagi kadastr xaritalarini zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamlashtirishdan iborat.
Loyiha Koreya Respublikasining Qonuni asosida 2012-2030- yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Shaharning Aqlli shahar sifatida shakllanishida fazoviy ma’lumotlar shahar infratuzilmasini yaratishda ahamiyatga ega. Shaharda xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolardan onlayn tarzda yuzaga kelgan muammolar haqida xabarlar olish hamda ularga o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish uchun alohida platformalar joriy etilgan. Ulardan, shaharni rejalashtirish uchun yuqori aniqlikdagi aerosuratlardan foydalanish portali; fuqarolarga yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklar narxlari haqida ma’lumot berib borish uchun portal; yer osti infratuzilma ob’yektlarini aniq va xavfsiz boshqarish uchun portal; yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq holatlardan xabardor qilish tizimi kabilar fuqarolar uchun xizmat qilib kelmoqda. 
Shaharni uch o‘lchamdagi modelini yaratishda lidar, rel’yefning raqamli modeli, binolarning modellari haqidagi ma’lumotlardan foydalanilmoqda.
Shu kunga qadar 543 kv.km hududning yer osti va yer usti fazoviy ob’yektlarini ko‘rish imkonini beruvchi raqamli egizaklari yaratilgan.
300 mingdan ortiq binolar yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar reyestri bilan bog‘langan.
Fuqarolar va kompaniyalar foydalanishi uchun ochiq fazoviy ma’lumotlar portali (OPEN DATA) ishlab chiqilgan.
Shuningdek, mazkur portalda Landshaft va shaharni loyihalashtirish qo‘mitasi yordamida kelajakda shaharni rejalashtirish ko‘zda tutilgan hududlarni loyihasini ko‘rsatish, yashil energiya uchun quyosh nurlarining tushish holati tahlili, shamol yo‘nalishini ko‘rsatish tizimlari joriy etilgan.
Xavfli ob’yektlarda Yong‘inlarni bartaraf etish boshqarmasi bilan hamkorlikda inshootlarning 3D xaritasi, xavfli ob’yektlarni turi, ularning joylashuvi kabi ma’lumotlar ham portalda aks ettirilgan.
Inchxon shahar-metropoliyani “Aqlli shahar” sifatida shakllanishida yer resurslarini boshqarish, kadastr tizimini yaratish, fazoviy ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlarini bir-biriga bog‘liq holda amalga oshirish jarayoni taxsinga loyiq. Metropoliyaning boy tajribasi, texnik imkoniyatlari, dasturiy ta’minlotlarini o‘rganish yurtimizda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi.

Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Zokirov.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-