Kanada Oʻzbekiston fuqarolari uchun 5 000 bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda

Kanada Oʻzbekiston fuqarolari uchun 5 000 bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda
Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.
Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Talablar va zarur hujjatlar:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
- Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
- Xorijga chiqish pasporti
Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha, deyiladi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabarida.
Talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-