O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda.

O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi Germaniyada xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun e’lon berdi.
Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniya ish beruvchi tashkiloti orqali Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Myunxen aeroportlarida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishga taklif etiladi. Nomzodlar uchun talablar: nemis tilini kamida B1 darajada bilish (Geothe, ECL, ÖsD sertifikatlari yoki bakalavr diplomi talab qilinadi), 18-42 yosh bo‘lish. Shuningdek, quyidagi sohalardan birida diplom:
turizm menejmenti;
mehmonxona ishi;
oziq-ovqat texnologiyalari;
xalqaro turizm;
menejment;
iqtisodchi;
biznesni boshqarish;
nemis tili;
ingliz tili;
fransuz tili.

Oylik maosh 1800 yevro (soliqlar ushlangandan keyin)dan boshlanadi va mehnat sharoitlari Germaniya fuqarolari bilan bir xil (1 yilda 1 oy mehnat ta’til);
Bir tomonlama aviachipta va aeroportdan manzilgacha transfer;
 Ro‘yxatdan o‘tish
Murojaat uchun: +998 71-202-33-55, (1282 qisqa raqami).
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-