O'zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda

O'zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda. 
Unga ko‘ra, ish turi — mehmonxona ishchisi, sanitariya xodimi va ro‘yxatxona ishchisi (reception). 
Xodimlarga quyidagicha imkoniyatlar taqdim etiladi: 
ish haqi: 18 000 Turkiya lirasi (595 dollar, soliqlar to‘langandan keyin);
ish vaqti: 5 kun 8 soatdan (bir sutkada 3 ta smenaning birida ishlash);
konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
19 yoshdan 40 yoshgacha;
tajribaga ega bo‘lish;
turk, rus yoki ingliz tilida intermediate (B2) darajada so‘zlasha olish;
sudlanmaganlik;
xorijga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Ro‘yxatdan o‘tish.
Eslatma: 600 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-