O‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonliklar Bolgariyaga  ishga taklif etilmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Bolgariyaga 640 dollar maoshlik ishga taklif etilmoqda. Bu hada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra,  ish turi — hamshira, tibbiyot muassasasida sanitariya ishlari. Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qo‘yilgan:
22-55 yosh;
rus tilini erkin muloqot darajasida bilish;
hamshiralik bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasqdiqlovchi hujjat bilan);
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
jismonan va ruhan sog‘lom;
zararli odatlardan holi.
Qayd etilishicha, ish haqi oyiga 510 AQSH dollari (sanitariya), 640 AQSH dollari (hamshiralik). Ish beruvchi kompaniya yotoqxona va transport xarajatlarini qoplab beradi. Shuningdek, quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:
agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari;
viza to‘lovi.
Ro‘yxatdan o‘tish (sanitariya)
Ro‘yxatdan o‘tish (hamshiralik)

Har bir soha uchun ro‘yxatdan o‘tish 50 kishiga yetsa, to‘xtatiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-