Endi prezident maktablarida ispan tili ham o'qitiladimi? 

Endi prezident maktablarida ispan tili ham o'qitiladimi? 
Endi prezident maktablarida ispan tili ham o'qitiladimi?

O‘zbekiston elchixonasida Ispaniya Taʼlim va kasbga o‘qitish vazirligi hamda Taʼlimni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi, bu haqda ''Dunyo'' axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarga ko'ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida o‘rta maxsus va oliy taʼlim yo‘nalishlarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari  muhokama qilingan.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda xorij tomoni ispan tilini o‘qitishni O‘zbekiston maktablarida, xususan, birinchi galda iqtidorli o‘quvchilar tahsil olayotgan Prezident maktablarida ikki tilli bo‘limlar dasturi, chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi, Ispaniya talim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Endi Respublikamizdagi prezident maktablarida ispan tilini o'qitish bo'yicha dasturlar joriy qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-