O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga ishga taklif etilmoqda
Fuqarolar hamshiralik bo‘yicha ishlashlari mumkin. Buning uchun ingliz tilini bilish talab etiladi.
O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga hamshiralik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar uchun talablar:
hamshiralik bo‘yicha diplom;
tibbiyot yo‘nalishida kamida 2 yillik tajriba;
ingliz tilini bilish;
jismonan va ruhan sog‘lom;
22 yoshdan 35 yoshgacha;
sudlanmagan bo‘lish.
Ish haqi $1000dan boshlanadi. Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatga olish jarayoni 2024-yil 30-mart soat 18:00 gacha davom etadi.
Batafsil ma’lumotlarni Migratsiya agentligining +998712023355+998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.

Комментарии (1)

Shahrambek
0
Shahrambek
Ingliz tilini bilish kerakmi yoki yoq
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-