1-maydan "svet" va gaz uchun yangi tariflar va ijtimoiy norma joriy etiladi
Hukumat 2 yildan buyon "ana bo'ladi, mana bo'ladi", deya kutilayotgan qarorni nihoyat qabul qilibdi. Energetika sohasidagi narx siyosatini isloh qilish haqida avval ham ko'p gapirilgan, lekin turli sabablarga ko'ra, orqaga surilib kelinayotgandi.
Endi qarorga ko'ra, joriy yilning 1-mayidan ijtimoiy norma joriy etiladi. To'g'ri, qarorda aynan "ijtimoiy norma" degan jumla ishlatilmagan, o'rniga “bazaviy me’yor mexanizmi" deyilgan. Lekin mazmuni bir xil.
Ijtimoiy norma nima degani?
Ijtimoiy norma - bu aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi, yetmagani davlat byudjetidan subsidiya qilinadi.
Bunda tariflar bir nechta kategoriyaga bo'lingan va qancha ishlatilganiga qarab, narxlar ham o'zgaradi. Kim ko’p ishlatsa, shuncha ko’p to’laydi, kam ishlatganga imtiyozli narx beriladi.
Elektr energiyasida kategoriyalar va narxlar quyidagicha:
oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan.
Gazda kategoriyalar va narxlar quyidagicha:
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, qishki mavsumda (noyabr-fevral oylari) davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda:
oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.
Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi:
oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;

Ehtiyojmand aholiga qanday yordam beriladi?
Ehtiyojmand aholini qo‘llab–quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga quyidagi 2 ta yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan:
1) isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi;
2) ijtimoiy normadan quyidagi miqdorgacha oshiqcha ishlatilgan "svet" va gaz to’lovi davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi:
➖ tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
➖ elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha.