Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish boshlandi

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish boshlandi

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish boshlandi


Subsidiya – ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida, Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘ hisoblanib, ayni kunlarda ipoteka krediti bo'yicha subsidiya berish boshlandi.

- Subsidiya olishga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin;
Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.

Hujjatga koʻra:
- qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);

- Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi quyidagicha:

- Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin;
- Murojaatchi my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” boʻlimiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan soʻng, javobda koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi;

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-