Subsidiyaga ariza topshirganda fuqaro daromadi qancha bo'lishi talab etiladi? 

Subsidiyaga ariza topshirganda fuqaro daromadi qancha bo'lishi talab etiladi? 
Subsidiyaga ariza topshirganda fuqaro daromadi qancha bo'lishi talab etiladi?

Mamlakatimizda daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan subsidiyalar ajratilmoqda.
Subsidiyaga ariza topshirganda daromadi qanchadan qanchagacha bo‘lishi kerak? 
Prezidentimizning 33-sonli farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasining  2020 yil  25- martdagi "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi uchun ariza beruvchi yoki oilaning daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak. 
Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha va Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalarga ajratiladi.  
Oddiy qilib aytganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKM 980 ming so‘mning 2,7 baravari, ya’ni 2 million 646 mingdan kam bo‘lmasligi va 8 baravari 7 million 840 mingga teng yoki kam bo‘lishi kerak.    
Toshkent shahrida esa,  MHTEKMning 2,7 baravari 2 million 646 mingdan kam bo‘lmasligi va 9,2 baravari, ya’ni 9 million 16 mingga teng yoki kam bo‘lishi zarur. Ko‘rsatilgan normadan oylik maoshingiz yuqori yoki kam bo‘lsa ariza rad etiladi.  
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-