Qanday holatlarda moddiy yordam tayinlash rad etiladi?

a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdori yuqori bo‘lsa;
b) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan:
-ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda;
- jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud bo‘lganda;
g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
y) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, DXX, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) tomonidan arizalar taqdim etilganda;
j) belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda.
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
i) oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etilganda.