Dunyo aholisi zilziladan qancha talafot ko'rdi?

Dunyoda sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar bilan bog‘liq hodisalar butun insoniyat e’tiboridagi eng muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yer yuzida tez-tez yuz beradigan, minglab insonlarning jabrlanishiga olib keladigan, katta moddiy zarar keltirib chiqaradigan tabiiy ofatlardan biri zilzila hisoblanadi.
Zilzila - yerning ichki qatlamlarida yig‘ilgan tabiiy qo‘shimcha kuch ta’sirida mexanik energiyaning elastik seysmik to‘lqin energiyasiga aylanishi va atrofga tarqalishi natijasida yuz beradigan yer silkinishlaridir. Yer silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi zilzila o‘chog‘i, uning markazi esa giposentr deyiladi. Giposentrning yer yuzidagi proyeksiyasi episentr deyiladi. Giposentr va episentr oralig‘idagi masofa zilzilaning chuqurligi deyiladi.
Yer shari bo‘yicha yiliga o‘rta hisobda o‘n mingga yaqin kuchli va sezilarli zilzilalar bo‘lib o‘tadi. Ulardan 15-20 tasi fojiali va dahshatli hisoblanadi. Bunday zilzila 2023 yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 50 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.
O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan eng daxshatli zilzilalardan biri 1966 yil 26 aprel kuni Toshkentda sodir bo‘lgan 5,3 magnitudali zilzila oqibatida o‘n minglarcha bino, inshootlar shikastlandi va vayron bo‘ldi.
68 ming oila boshpanasiz qoldi. Shulardan 39 ming oilaning turar joy binosi batamom vayron bo‘ldi. Toshkent aholisi jami ikki million kvadrat metrga yaqin uy-joydan mahrum bo‘ldi.
Respublikamiz Markaziy Osiyodagi seysmik faol hududlardan hisoblangani sababli qadimgi davrlardan boshlab ota-bobolarimiz turar-joy binolari, jamoat binolari va boshqa bino va inshootlarni qurishda zilzilabardoshlik masalalariga katta e’tibor berib kelganligi tarixdan ma’lum. O‘tmishda ota bobolarimiz o‘zlarining hayotiy tajribalari orqali seysmik mustahkam konstruksiyalardan biri karkas(sinch) imoratlar ekanligini, shuning uchun ham hududimizda yog‘och kamyob qurilish materiali bo‘lishiga qaramasdan u qurilish materiali sifatida keng tarqalgan. Chunki yog‘och qurilish materialining solishtirma mustahkamligi yuqori bo‘lishi, xususiy og‘irligining kichkinaligi va boshqa qator afzalliklarga ega ekanligidan seysmik mustahkam imorat qurishda eng qulay qurilish materiali ekanini yaxshi bilishgan. Qurilish sohasida ham xalqimizning boy tajribaga ega ekanligini, yurtimizdagi ming yillik tarixga teng bo‘lgan me’moriy obidalarimizning bugungi kunga qadar o‘zining xavfsiz va zilzilabardoshligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
Fuqaro muhofazasi instituti dosenti
(PhD) Sagatov Djumadulla Turabekovich