Endi o‘qituvchi, maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi hamda targ‘ibotchilarga ham 56 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili beriladi

Ma’lumki, yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksiga muvofiq barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kun etib belgilandi.
Pedagog xodimlarga beriladigan mehnat ta’tillari davomiyligini tartibga solib turuvchi avvalgi qo‘shma qaror juda eskirganligi bois yangi Mehnat kodeksi talablari asosida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan qo‘shma qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyihasida nafaqat o‘qituvchilarga, balki maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi hamda targ‘ibotchilarga ham 56 kalendar kundan iborat bo‘lgan mehnat ta’tili berilishi nazarda tutilgan.
Hujjat rasman kuchga kirishi bilan maktablarda faoliyat yurituvchi barcha xodimlarning mehnat ta’tili muddati haqida to‘liq ma’lumot beramiz.