Radar o'rnatilganligi haqida ogohlantiruvchi belgi bo'lishi shartmi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l harakati qoidalari"ning 5.43. «Radar» bandiga ko‘ra yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisidir.
Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi stasionar maxsus texnika vositalari yordamida nazoratga olingan joylarga o‘rnatiladi.
Shuningdek, viloyat, tuman, shaharlar boshlanadigan joylardagi ko‘cha va yo‘llarda harakatlanish tezligi mobil radarlar yordamida nazorat qilinayotganligi to‘g‘risida haydovchilarni ogohlantirish maqsadida o‘rnatilishi mumkin.
Mazkur Qoidalarning 7.19 «Foto va video qayd etish» bandiga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Demak, radar o‘rnatilgan joyda "Foto va video qayd etish" ya’ni 7.19 belgisi bo‘lishi kerak.