Velosipedlar uchun ham radar bormi?

Velosipedlar uchun ham radar bormi?
Velosipedlar uchun ham radar bormi?

Garmin elektr velosipedlar uchun Varia eRTL61 radarini ishlab chiqdi. U yaqinlashib kelayotgan avtomobillarni oldindan aniqlashga xizmat qiladi. Radar velosipedning orqasiga yopishtirib qo‘yiladi.
Pedallar aylantirilganida eRTL615 impulslar jo‘natadi, bu esa 137 metr masofadagi avtomobillardan ogohlantirib, ishora beradi. Velosiped haydayotgan odam vizual va ovozli xabar qabul qiladi. Bu uchun Garmin aqlli soati yoki Varia ilovasidan foydalaniladi.
Radar qurilmasining og‘irligi 51 gramm. Kam energiya talab qiladi va suvga chidamli ekani aytilmoqda.  
Qurilmaning oddiy velosiped haydovchilari uchun batareyali turi ham mavjud.  
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-