Super kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar qancha summa to'laydi?

Super kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar qancha summa to'laydi?

Super kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar qancha summa to'laydi


Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq. 

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi. 

➖ 4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. 

O'tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan. 
Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-