Talaba qizlar farzandli bo'lganda qancha suyunchi puli beriladi?

Talaba qizlar farzandli bo'lganda qancha suyunchi puli beriladi?
Talaba qizlar farzandli bo'lganda qancha suyunchi puli beriladi?

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, ishlayotgan ayollarga hamda  oliy oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalarida magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish joyi yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.
Ushbu nafaqa bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida belgilangan bo'lib,  hozirgi vaqtda(25.01.2023) da bazaviy hisoblash miqdori bugungi kunda 300000 soʻm.
Talaba oliy taʼlim muassasasiga arizani bola tug'ilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmagan holda taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa puli 10-kunidan kechiktirmay toʻlab berilishi majburiy hisoblanadi.
Ushbu nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- OTM rektor nomiga ariza;
- Pasport nusxasi;
- Tugilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-