Endi “Temurbeklar maktabi”da qizlar ham o'qishi mumkin

Endi “Temurbeklar maktabi”da qizlar ham o'qishi mumkin
Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mablag‘lari hisobidan Milliy gvardiya bo‘linmalari va harbiy qismlarining obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-