Umumta'lim fanlaridan o'qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Umumta'lim fanlaridan o'qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati e’lon qilindi.
Ro‘yxat Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirildi. O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
2023/2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan darsliklar ro‘yxati bilan quyidagi havola https://uzbmb.uz/info/textbooks
 orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-