Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi

Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi
Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi

2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan edi.

O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar o‘qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.
"Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi", deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-