Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi

Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi
Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

 Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-