Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan,
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi...
- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma olish uchun mahalla fuqarolar yig'inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollariga yoki tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilinadi.