Kadastr agentligi rasmiy bayonot berdi

Kadastr agentligi rasmiy bayonot berdi
Kadastr agentligi rasmiy bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan mazkur foto va unga berilgan "Kadastr shunday o‘lchabdi... " mazmunidagi sharh albatta hazil tariqasida joylangani tushunarli. Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarida savollar  tug‘ilayotgani sababli agentlik  quyidagilarni ma’lum qilmoqda:
Ayni kungacha, ushbu fotosuratdagi holat yuzasidan  kadastr idoralariga murojaat kelib tushmagan va Kadastr agentligining yer va kadastr nazorati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bu kabi qurilma aniqlanmagan.
Ushbu fotosuratdagi holat respublikamizda joylashgani to‘g‘risida xech qanday aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Shuni ham alohida qayt etish muhimki, ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida qurilish uchun tayyorlangan va tegishli idoralar bilan kelishilgan loyihalar asosida qurilmagan ob’yektlarga kadastr xujjatlari rasmiylashtirilmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-