O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori maʼlum qilindi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori maʼlum qilindi
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida” gi qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi.
Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Izzatulla Rahimov qonun bilan bog‘liq to‘lovlar miqdori haqida maʼlumot berdi.
O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekiston hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2018 yil 1 mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlardan bir martalik to‘lov undiriladi.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman-shahar komissiyalari tomonidan eʼtirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni eʼtirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning ko‘rib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollarida bir martalik to‘lov undiriladi.
Qolaversa, fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga, xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga, fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk huquqi eʼtirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi.
Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravari, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida 3 baravari miqdorida, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida to‘lov qilinadi. Hozirgi vaqtda BHM miqdori 375 ming so‘mga teng.
Shuni ham aytish joiz, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi. Xususan, bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Agar bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman-shahar komissiyalari tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin deb topish belgilangan xulosasiga asosan dalolatnoma shakllantirilgan, biroq bir martalik yig‘im undirilmagan yoki to‘liq hajmda undirilmagan bo‘lsa, u holda bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq undiriladi. Bunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida undirilgan bir martalik yig‘im summasi inobatga olinadi.


Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-