Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi

Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
18 va 20 yoshli yigitlar yarim tunda Yandex mobil ilovasi orqali taksi chaqirgan va manzil sifatida Yangiyo‘l tumani hududidagi ochiq dala maydonini ko‘rsatgan. Manzilga borganda esa haydovchiga pichoq bilan hujum qilishgan. Voqea joyiga Yangiyo‘l tuman IIB xodimlari kelib qolishi ortidan ular jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.
Sud hukmi bilan D.M.ga jinoyatni sodir qilgan paytida 18 yoshga to‘lmagani sababli 7 yil, Z.M.ga esa Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-