Qashqadaryoda tanish ayolini o'ldirib, jasadni quduqqa tashlab yuborgan erkakka sud hukmi o'qildi

Qashqadaryoda tanish ayolini o'ldirib, jasadni quduqqa tashlab yuborgan erkakka sud hukmi o'qildi

Qashqadaryoda tanish ayolini o'ldirib, jasadni quduqqa tashlab yuborgan erkakka sud hukmi o'qildi 


Aniqlanishicha, 2023-yilning 28-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani IIBga tumanning “Mirishkor” qishlog‘ida yashovchi, 35 yoshli S.M. singlisining uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabar kelib tushgan.
Tezkor tergov guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Marhumaning jasadi hovlidagi chuqurligi 2,5 metrlik quduqdan chiqarib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Tergov jarayonida marhuma keyingi paytlarda Buxoro viloyatining Jondor tumani, “Demun” mahallasida yashovchi 36 yoshli S.E. bilan uchrashib yurgani aniqlangan. 2021-yilda turmush o‘rtog‘idan ajrashgan S.M. oila qurish maqsadida “Zo‘rTV” telekanalida efirga uzatiladigan “Yor-yor” ko‘rsatuvida chiqish qilgan. 2021-yilning dekabr oyida unga Jondor tumanida yashovchi S.E.dan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ular o‘zaro tanishib olishgan.
Gʻuzorga tez-tez qatnashni boshlagan erkak ayolning singlisining uyida uchrashib yurgan. Ammo to‘ydan darak bo‘lmagan. Oxir-oqibat ayol va erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan: ayolga tan jarohati yetkazib, hushsiz holga keltirgan. So‘ngra esa uni o‘ldi degan o‘yda hovlidagi quduqqa tashlab yuborgan.  
Jinoyat ishlari bo‘yicha Gʻuzor tuman sudining hukmi bilan erkakka 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-