Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya beriladi. Bu 900 ming so‘m bo‘ladi. Ular kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, maxsus tizim orqali ishga joylashtiriladi.
Ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan so‘ng uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.