O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish qachondan yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilindi

O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish qachondan yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilindi

O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya berish qachondan yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilindi


O‘zbekistonda jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. Bu borada 5-sentabr kuni hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
“Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
2025-yil 1-yanvargacha tadbirkorlarga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda bo‘lgan (probatsiya) davrida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tizimi joriy etiladi.
Qaror bilan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Unga ko‘ra, ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan so‘ng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga yozma ravishda yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-