Samarqand shahridagi har bir mahallada tibbiy ko‘riklar o'tkazilmoqda

Samarqand shahridagi har bir mahallada tibbiy ko‘riklar o'tkazilmoqda
Samarqand shahar Qir mahallasida 3-oilaviy poliklikaning “Bog‘imaydon” filialiga qarashli tibbiy punktida mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy o‘tkazildi. Unda pediatr, terapevt, ginekolog, oftalmolog, dermatolog, nevrolog, stomatolog, endokrinolog va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Mobil ginekologik va oftalmologik xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi aholining o‘z yashash joyida ham chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun imkoni yaratdi.Tibbiyot xodimlari kun davomida Qir mahalla ahlini birma - bir tibbiy ko'rikdan o'tkazishdi. Ko‘rik joyiga kelgan viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sarvar Bozorov va viloyat prokurori o‘rinbosari Dilmurod Sayidkulov aholi bilan suhbatlashib, ularning ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati haqidagi fikrlari bilan qiziqdilar. Odamlar ko‘rik ko‘ngildagidek tashkil etilganligi, kerakli muolaja va maslahatlar olganliklarini ta'kidlashdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-