Pedagog xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishda qaysi turdagi tekshiruvlardan o‘tishi kerak?

Pedagog xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishda qaysi turdagi tekshiruvlardan o‘tishi kerak?

Pedagog xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishda qaysi turdagi tekshiruvlardan o‘tishi kerak?


     Pedagog xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 

     Ta’lim muassasalarida ishlovchi pedagoglar tibbiy ko‘rik jarayonida terapevt, dermatovenerolog va ginekolog vrach – mutaxassislar ko‘rigidan, laboratoriya tekshiruvida esa flyuorografiya, gelmentlarni aniqlash uchun najas tahlili, gonokokklarga tekshirish, RW ga qon tekshirish tahili talab qilinadi.
     Tibbiy ko‘rikning sifatli o‘tkazilishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari javobgar hisoblanadi. 
     Ish beruvchilar esa o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-