Namanganda erini o'ldirib, tilla tishlarini sug'urib olgan ayolga sud hukmi o'qildi

Namanganda erini o'ldirib,  tilla tishlarini sug'urib olgan ayolga sud hukmi o'qildi
Namanganda erini o'ldirib,  tilla tishlarini sug'urib olgan ayolga sud hukmi o'qildi

Namangan viloyatining Pop tumanida erini pichoqlab, tilla tishlarini sindirib olgan ayol qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, holat 2022-yilning 12-avgust kuni Namangan viloyati Pop tumanining “Istiqbol” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Ushbu uyda yashovchi ayol U.U. eri D.Y.ning uxlab yotganidan foydalanib, yostiq ostida turgan osh pichoq bilan qasddan o‘ldirish maqsadida to‘satdan unga hujum qilib, avval chap bel va qo‘ltiq sohalariga ikki marotaba urgan.
D. Y. baqirgan holda uyg‘onib, o‘zini himoya qilish maqsadida sakrab o‘rnidan turganida, olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli muvozanatini yo‘qotgan va xona devor ostiga suyangan holda yiqilgan.

U.U. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ojiz ahvolda qolgan turmush o‘rtog‘i D.Y.ning oldi chap ko‘krak sohasiga ikki marotaba urib, uni o‘ldirgan.
Shundan so‘ng U.U. turmush o‘rtog‘ining og‘iz bo‘shlig‘idagi tishlarida bo‘lgan 4 dona tilla qoplamalarni o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, g‘isht bo‘lagi bilan tishlarini urib, sindirib olib, xonaga to‘shab qo‘yilgan linoleum ostiga yashirib qo‘ygan.

Ertasi kuni U.U. sodir etgan jinoyat izlari va turmush o‘rtog‘i D.Y.ning murdasini yashirish maqsadida, uni o‘rab, boshiga qop kiydirib, sandiqqa solgan. Sandiqni kanalga tashlab, marhum erining og‘zidan qoqib tushirgan tilla tishlarni 1 mln 400 ming so‘mga sotgan.

Sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan 57-moddasi qo‘llanib, 13 yil, 134-moddasi bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 169-moddasining 1-qismi bilan 1 yil ozodlikni cheklash jazosi, 59,61-moddalari tartibida 13 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-