Navoiy shahrida ratsiya qurilmasidan noqonuniy foydalangan shaxsga chora ko‘rildi
Joriy yilning oktabr oyi davomida “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy shu’basi, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK va hamkor tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda Navoiy shahrida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida Navoiy koʻchasi 5-uy hududida fuqaro U.B. tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan “BAOFENG BF-666S” rusumli noqonuniy radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanayotganligi aniqlandi.
Mazkur holatda fuqaro tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy shu’basi tomonidan o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi va “Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan chora koʻrildi.
Shu oʻrinda, jismoniy va yuridik shaxslarni “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 801-son Qarorida belgilangan tartibda radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilishlari shartligi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.