Toshkentda radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanayotgan shaxsga chora ko'rildi
“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi hamda “EMMM” DUKning xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Unda fuqaro X. J. tomonidan Mirobod tumani, "Katta Mirobod" ko‘chasida joylashgan qurilish obyektida 13 ta radioelektron vositalar (ratsiya)dan tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Bu bilan fuqaro tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son Qarori 2-ilova bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga asosan hujjatlar to‘plami umumlashtirilib, fuqaroga nisbatan MJtKning 152-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llanilgan.