O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar davlat zaxirasiga qaytarildi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar davlat zaxirasiga qaytarildi
 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari Kamolon Darvoza MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 270 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.
 Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi. 
Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.
Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.
Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-