Har bir qarich yerning hisobi bor
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Ayni vazifalarni sifatli amalga oshirish, umuman, faoliyatimizni yanada samarali tashkil etishda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ayniqsa qo‘l kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimi doimiy takomillashib bormoqda. Hozirda ushbu tizim Ichki ishlar vazirligining “Ye-ma’muriy ish” tizimi bilan integratsiya qilingan.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan maxsus planshetlar orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish, ma’muriy bayonnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoni yaratildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “E-yer nazorat” AAT dasturi yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huqubuzarliklarni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo xujjat almashish tezkorligi oshirildi. U shuningdek, mutaxassislarga yer holatini kosmik suratlar yordamida nazorat qilib borish, noqonuniy qurilish yoki qurilishdagi qonunbuzarliklarni erta aniqlash imkonini beradi.
Tahlillarga ko‘ra, Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida tumandagi aholi yashash manzillarida umumiy 60 ta holatda (0,85 gektar yer maydonida) qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo choralari ko‘rishlikni bildirib, yer qonun buzilishini o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari, shuningdek, ma’muriy ish ko‘rilishi yuzasidan ko‘rsatma va xabarnomalar qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan.
Jumladan, 34 ta holat bo‘yicha ma’muriy choralar ko‘rilgan, 16 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etganligi sababli javobgarlikdan ozod qilingan. 10 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida 57 ta holatda fuqarolar tomonidan 0,82 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
Tushuntirish ishlari natijasida 16 ta holatda 0,09 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, asl holatiga qaytarilgan. Qolgan 31 ta holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishda aholining huquqiy savodxonlik darajasini yuksaltirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam tashkil etish juda muhim. Shu bois, hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarida aholimizga yerdan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarining huquqiy oqibatlari ham tushuntirib borilmoqda.
Umidjon Mirzaliyev