Farg‘onada qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi

Farg‘onada qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi
Farg‘ona viloyatida qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol oyoq kiyimi poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, holat Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Ravot” chegara bojxona postida kuzatilgan. Post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan yo‘lovchilardan biri oyoq kiyimining poshnasiga 26 gramm og‘irlikdagi tilladan ishlangan tishlarni yashirgancha olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan, O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishlariga ruxsat etiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-