Samarqanddagi tilla konida 2 kishining jasadi topildi

Samarqanddagi tilla konida 2 kishining jasadi topildi
Samarqanddagi tilla konida 2 kishining jasadi topildi

28-iyun kuni Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan tilla koni shaxtasida ikki yigitning og‘ir tan jarohati olgan holatdagi murdasi topilgan. Yigitlar kon ishchilari kiyimida bo‘lishgan va ularning yonida 2 qopda 94 kilogramm og‘irlikdagi ma’dan toshlari bo‘lgan.

Yigitlar konga tarkibida oltin bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun noqonuniy ravishda kirgan. Ularni yuklash punktiga borib qaytayotgan yerosti o‘ziyurar mashina operatori aniqlagan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, konga noqonuniy kirgan yigitlarni o‘ziyurar mashina operatori bosib o‘tgan bo‘lishi ham mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-